Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonda parlament saylovlarining dastlabki natijalari aniq bo‘ldi

Ozarbayjonda parlament saylovlarining dastlabki natijalari aniq bo‘ldi

Ozarbayjonda 1 sentyabr sanasida navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazildi.

Hozirda natijalarga ko‘ra ovozlarni sanash davom etmoqda. «Ekzit-poll»ning dastlabki natijalari allaqachon e’lon qilingan.

Eng ko‘p o‘rinlar prezident Ilhom Aliyev rahbarlik qiladigan hukmron partiyaga tegishli bo‘lib, uning nomzodlari barcha saylov okruglarida ro‘yxatga olingan. «Yangi Ozarbayjon» vakillari 125 saylov okrugidan 63 tasida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, dastlabki natijalarga ko‘ra, «Fuqarolar birdamligi», «Yagona Ozarbayjon», «REAL», «Milliy front», «Ozarbayjon demokratik ma’rifati» partiyalari a’zolari parlamentga kirdi. Bundan tashqari, 46 nafar mustaqil nomzod deputatlik mandatiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring