Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘ttiz yil qamoqda aybsiz o‘tirgan mahbusga 13 mln dollar berildi

O‘ttiz yil qamoqda aybsiz o‘tirgan mahbusga 13 mln dollar berildi

Begunoh amerikalik qariyb 30 yil qamoqda o‘tirdi va 13 million dollar tovon puli oldi, deb xabar beradi AP.

Joriy oyda Massachusets shtatida yashovchi 64 yoshli Maykl Sallivan nihoyat oqlandi va panjara ortida o‘tkazgan yillari uchun yirik tovon puli oldi. U 1986-yildan 2013-yilgacha qamoqda edi. Hakamlar hay’ati uni 1986 yilda fuqaro Vilfred MakGratga qilingan halokatli hujumda aybsiz deb topdi.

Sud sobiq mahkumga 13 million dollar ajratdi, lekin shtat qonunchiligi ish bo‘yicha maksimal tovon miqdorini 1 million dollar bilan cheklab qo‘ygandi.

Adolatga erishgan Sallivanning aytishicha, qamoqda o‘tirgan vaqtida onasi va to‘rt aka-ukasini va  bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan, o‘zi esa boshqa mahbuslarning bir necha hujumlari qurboni bo‘lgan. Ozod bo‘lgach, u moslashishda qiyinchiliklarga duch keldi va malaka va tajriba yetishmasligi tufayli ish topa olmadi. Moliyaviy tovon puliga qaramay, Sallivan hayotida jiddiy o‘zgarishlarni kutmasligini aytdi. U pulni yordam berish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda, shuningdek, maxsus terapiyadan o‘tishga va hayotini yaxshilash uchun o‘qishga qaytishga umid qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring