Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niger ko‘chalaridan biriga Putin nomi beriladi

Niger ko‘chalaridan biriga Putin nomi beriladi

Foto: RIA Novosti

Niger yirik shaharlaridan birida ko‘chaga Putin nomini berishmoqchi. TASS xabariga ko‘ra, bu haqda poytaxt Niamey va Zinder shaharlari merlari Bubakar Sumana Garanke va Maman Issufu bayonot berishgan.

Bundan tashqari, Rossiya-Niger do‘stlik bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

«Rossiya qiyin damlarda bizga ko‘makka keldi», — dedi Issufu.

Ma’lumot uchun: 2023-yilda Nigerda davlat to‘ntarishi oqibatida prezident Muhammad Bazum ag‘darilib, o‘rnini uning gvardiyasi rahbari Abdurahmon Chiani egalladi. Bu voqea Nigerning sobiq mustamlakachisi Fransiyaning noroziligi va qarshiligiga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng Nigerning yangi hukumati Rossiyadan harbiy-texnik ko‘mak so‘ragan. 2024-yilning aprelidan boshlab Rossiya Nigerni qurol-aslaha bilan ta’minlashni boshlagan.

Ag‘darilgan prezident Muhammad Bazum hamon isyonchilar qo‘lida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring