Minglab odamlar dunyodagi eng badbo‘y gul ochilishini kutishmoqda
Avstraliyada minglab odamlar Sidney qirollik botanika bog‘idagi noyob sassiq o‘simlikning gullashini tomosha qilish uchun onlaynda o‘tirishibdi. Bu haqda BBC telekanali xabar berdi.
O‘simlik nomi «Titan Arum» (Titanik amorfofallus) bo‘lib, dunyodagi eng ulkan gullardan hisoblanadi. Bu gul bir necha yilda bir marta gullab, bir sutka davomida ochilib turadi. Bu paytda undan «ho‘l paypoq yoki opossum (shu nomli hayvon) jasadidan chiqadiganga o‘xshash» badbo‘y hid taraladi.
Botanika bog‘i o‘simlik aynan qachon gullashi noma’lumligini ma’lum qildi.
Dunyoda eng yoqimsiz hidga ega «Titan Arum» guli faqatgina Indoneziyaning Sumatra orolidagi tropik o‘rmonlarda o‘sadi. Balandligi 3 metrgacha, og‘irligi 150 kilogrammgacha yetadi. O‘rmonlarning kesilishi va tuproq yemirilishi oqibatida bu gul yovvoyi tabiatdan yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter