Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika prezidentlik inauguratsiyasida Putinni hibsga olishdan bosh tortdi

Meksika prezidentlik inauguratsiyasida Putinni hibsga olishdan bosh tortdi

Meksika hukumati Ukraina so‘roviga zid o‘laroq prezidentlik inauguratsiyasida Putinni hibsga olishdan bosh tortdi.

«Biz bunday qila olmaymiz, bu bizning ishimiz emas», – dedi Meksikaning amaldagi prezidenti Andres Manuyel Lopez Obrador Ukrainaning Vladimir Putinni hibsga olish haqidagi iltimosiga javoban.

Ukraina, agar Putin yangi davlat rahbari inauguratsiyasida ishtirok etsa, Meksikadan uni hibsga olishni so‘ragandi. Kiyev o‘z murojaatida BMT Xalqaro jinoiy sudi tomonidan chiqarilgan Rossiya prezidenti Putinni hibsga olish haqidagi orderiga ishora qilgan.

«Meksika hukumati Vladimir Putinning harbiy jinoyatchi ekanligini biladi, deb umid qilamiz», – deyiladi Ukraina tomoni murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, Klaudiya Sheinbaum 1-oktyabr kuni qasamyod qabul qiladi va Meksika tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.

Sheinbaum jamoasi Rossiya prezidentini inauguratsiyaga taklif qilib, Meksika diplomatik aloqalar olib borayotgan barcha mamlakatlarga «diplomatik bildirishnoma» yuborilganini ta’kidladi. Iyun oyida Putin Sheynbaumni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, Meksikani «Rossiyaning Lotin Amerikasidagi tarixiy do‘stona hamkori» deb atagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring