Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Ozarbayjon marvaridi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Janubiy Ozarbayjon marvaridi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Foto: Oxu.Az

Eron shimoli-g‘arbida joylashgan Urmiya ko‘li — Janubiy Ozarbayjon marvaridi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Dunyodagi eng yirik sho‘r ko‘llardan sanalgan Urmiya shiddat bilan qurib bormoqda.

Ko‘lning bir necha oy avval suvga to‘la bo‘lgan ko‘plab qismlari hozirda batamom qurigan, deb xabar berdi «Ozod Eron» telegram kanali.

Sun’iy yo‘ldosh olgan suratlarda ayanchli manzara aks etgan: ko‘lning shimoliy qismi qurib bo‘lgan, janubi va ko‘prik qurilgan o‘rta qismida hozircha suv bor.

Foto: «Ozod Eron» telegram kanali

Ma’lumot uchun: Urmiya ko‘li Eronning g‘arbida, Kurd tog‘lari sharqidagi tektonik pasayishda, 1275 metr balandlikda joylashgan. Shimoldan janubga tomon cho‘zilgan; uzunligi — 140 km, eni — 40-55 km, eng chuqur joyi — 150 metr. Maydoni — 5200 dan 6000 kvadrat kilometrgacha. Suvi o‘ta sho‘r.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring