Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil G‘azo janubidagi hujumlarni vaqtincha to‘xtatadi

Isroil G‘azo janubidagi hujumlarni vaqtincha to‘xtatadi

Isroil harbiylari G‘azo sektori janubidagi hujumda «taktik pauza» e’lon qildi.

G‘azo sektoriga kelayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlar doirasida hamda BMT va xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shimcha muhokamalardan so‘ng shanba kunidan boshlab gumanitar maqsadlarda «harbiy faoliyatning mahalliylashtirilgan taktik pauzasi» e’lon qilindi.

Bayonotga ko‘ra, pauza har kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha Isroil nazoratidagi Kerem Shalom nazorat-o‘tkazish punktidan olib boruvchi yo‘l bo‘ylab amal qiladi.

Avvalroq, G‘azo sektorining janubida, Rafah hududida sakkiz nafar isroillik askar halok bo‘lgani kecha oldin ma’lum bo‘ldi. Isroil kuchlarining xabar berishicha, muhandislik jangchilari zirhli transportyorda bo‘lgan - portlash natijasida shikastlangan, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz,  Isroilning hujumlari natijasida o‘lganlar soni 37 mingga yaqinlashdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring