Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganchdagi xalqaro aeroport vaqtincha yopilyapti

Urganchdagi xalqaro aeroport vaqtincha yopilyapti

Urganch xalqaro aeroporti joriy yil 20-iyuldan 7-avgustgacha (o‘sha kuni ham) vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi. Bunga uchish-qo‘nish yo‘lagida olib boriladigan kapital ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgan.

«Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, uzunligi 3000 m va eni 16 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi. Yo‘lovchilar esa Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring