Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispanlar COVID cheklovisiz birinchi kechada ko‘chada raqs tushishdi

Ispanlar COVID cheklovisiz birinchi kechada ko‘chada raqs tushishdi

Foto: menzikulati/twitter.com

Ispaniya aholisi COVID-19 pandemiyasi sharoitida cheklovlarsiz birinchi kechani ko‘cha raqslari bilan nishonladilar. Mamlakatda favqulodda holat 2020-yil oktabridan beri amalda. Uning amal qilish muddati 8-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00da tugadi, deb xabar beradi El País gazetasi.

Madridda 9-mayga o‘tar kechasi fuqarolar shahar dahalarini, shuningdek, markaziy Puerta-del-Sol markaziy maydonini to‘ldirishdi. Ular rosa xursandchilik qilishdi.

Barselonada bir necha yuzlab aholi tunda shaharning turli joylarida, shu jumladan, Oliy sud binosi yonida to‘planishdi. Ular, shuningdek, raqs tushishdi va va ijtimoiy masofani e’tiborsiz qoldirishdi.

Favqulodda holatning bekor qilinishi ispanlarga nafaqat barlarga tashrif buyurish yoki istirohat bog‘ida piknik uchun yig‘ilish, balki hududlararo sayohat qilish imkoniyatini beradi. Cheklov choralari tufayli shoshilinch bo‘lmagan sayohat qilish taqiqlandi va ko‘pchilik boshqa shaharlarda yashovchi qarindoshlariga borish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutishayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring