Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda bir kunda 38 kishi yashin urishidan halok bo‘ldi

Hindistonda bir kunda 38 kishi yashin urishidan halok bo‘ldi

Foto: India Today

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida chorshanba kuni yomg‘ir paytidagi yashin urishi oqibatida kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today gazetasi xabar berdi.

Kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarini keltirib, shtat hayotini izdan chiqarib yuborgan.

Yashin qurbonlari asosan fermalar ishchilari va yomg‘irdan qochib daraxtlar panasida yashiringan odamlar bo‘lgan. Eng ko‘p halok bo‘lganlar Pratapgarx shahrida qayd etilgan. Bundan tashqari, o‘nlab odamlar chaqmoq urib, kuyish jarohati olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring