Havo sovuqligi uchun Trampning inauguratsiyasi Kapitoliy ichkarisiga ko‘chirildi
Donald Trampning 20-yanvar, dushanba kuni o‘tkaziladigan inauguratsiyasi yopiq joyga ko‘chirildi.
Sovuq havo mehmonlar va qatnashchilarni qiynab qo‘ymasligi uchun Tramp shaxsan ko‘rsatma bergan. Marosim Qo‘shma Shtatlar Kapitoliysi rotondasida (gumbazi ostida) o‘tkaziladi.
«Ob-havo prognoziga ko‘ra, Vashington, Kolumbiya okrugida shamol omili qo‘shilib havo harorati rekord darajada pasayishi mumkin. Mamlakatga arktik bo‘ron yaqinlashmoqda. Odamlar aziyat chekishi yoki jarohatlanishini istamayman», — dedi Tramp 17-yanvar kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida.
Qo‘shimcha qilishicha, bayram paradi Vashingtondagi Capital One majmuasida o‘tkaziladi, siyosatchi qasamyod qilib bo‘lgach u yerga borishini aytdi.
The New York Times yozishicha, noqulay ob-havo tufayli qasamyod marosimini binoda o‘tkazgan AQShning so‘nggi prezidenti Ronald Reygan (1985-yil) hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter