Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

HAMAS va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

G‘azo sektori aholisi kelishuvni nishonlashmoqda.

Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani Isroil va HAMAS G‘azo sektorida 2023 yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olganini tasdiqladi.

Shuningdek, kelishuv doirasida Falastin guruhi isroillik garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishga rozi bo‘ldi.

Qatar muzokaralarda asosiy vositachilardan biri sifatida ishtirok etdi va tomonlarning bilvosita uchrashuvlari uchun o‘z hududini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, sulh 19 yanvar, yakshanba kuni kuchga kiradi.

Axborot agentliklarining manbalari sulhning birinchi bosqichi olti hafta (42 kun) davom etishini xabar berishdi. Bu davrda Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoridan bosqichma-bosqich chiqib ketishlari kerak bo‘ladi va har kuni hududga insonparvarlik yordamidan iborat bir necha yuz yuk mashinalari kiritiladi.

Qatar bosh vazirining ta’kidlashicha, HAMAS o‘z navbatida birinchi bosqichda garovga olinganlardan 33 nafarini ozod qiladi. Isroil HAMAS jangarilari va uning ittifoqchilari qo‘lida qolgan garovga olinganlarning umumiy sonini 94 nafar deb hisoblagan, ulardan 34 nafari halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring