HAMAS og‘ir yo‘qotishga uchradi

Isroil armiyasi HAMAS harakatining Livandagi operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Muhammad Shahin yo‘q qilinganini e’lon qildi. U Livan janubidagi Sidon mintaqasiga berilgan aviazarba natijasida vafot etgan.
Isroil armiyasi matbuot kotibi ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Shahin Isroilga qarshi teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan. Jang paytida u Livandan Isroilga raketa hujumlarini boshqargan va «HAMASning muhim axborotchisi» edi.
Falastin harakati matbuot xizmati hozircha Isroil bayonotiga izoh bermadi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil armiyasi «Hamasning muhim qismini» yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi, biroq ish hali yakuniga etmagan. Uning aytishicha, Isroil «Hamasning harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yo‘q qiladi».
Isroil va G‘azo sektoridagi Falastin harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga qaramay, Isroil anklav tashqarisida HAMAS a’zolarini nishonga olishda davom etmoqda. Xususan, 27 yanvar kuni Isroil qurolli kuchlari Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Tulkarm shahridagi XAMASning dala qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter