Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

HAMAS 4 nafar isroillikning jasadini qaytarib beradi

HAMAS 4 nafar isroillikning jasadini qaytarib beradi

Isroil XAMASni garovga olinganlarga yomon munosabatda bo‘lganlikda hamda harakat a’zolari o‘tgan safar garovdagi Shiri Bibasning o‘rniga noma’lum ayolning jasadini qaytarib berganlikda ayblagan edi.

Isroil va HAMAS 26 fevralga o‘tar kechasi Misr vositachiligida isroillik garovga olingan to‘rt kishining jasadini 602 nafar falastinlik mahbuslarga almashish bo‘yicha kelishuvga erishganini, bu esa buzilish xavfi ostida qolgan sulhni saqlab qolgani ma’lum qilindi.

Isroil o‘tgan hafta oxiriga rejalashtirilgan 600 mahbusni ozod qilish amaliyotini HAMASning garovga olinganlarni topshirish marosimida ularga nisbatan «qo‘pol munosabatda bo‘layotgani»ga norozilik sifatida kechiktirgan edi.

HAMAS esa ushbu kechiktirishni shu hafta oxirida ikkinchi bosqichiga kirishi kerak bo‘lgan sulhning «jiddiy buzilishi» deb atadi.

Biroq hozirda HAMAS va, The Times of Israel nashriga ko‘ra, isroillik rasmiy mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 

HAMAS falastinlik mahbuslar topshirilishi isroillik garovga olinganlarning jasadlari topshirilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilishini bildirdi. Almashinuv chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugungi almashinuv tomonlarning o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi bosqichidagi majburiyatlarini yakunlaydi va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqish bo‘yicha muzokaralarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqichga yo‘l ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring