Besh nafar isroillik va 602 nafar falastinlik o‘z uyiga qaytdi

HAMAS garovga olingan besh kishini 602 nafar falastinlik evaziga ozod qildi.
Harakat a’zolari dastlab G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida 39 yoshli Tal Shoham va 38 yoshli Aver Mengistuni topshirgan. Yana uch nafar garovga olinganlar — 27 yoshli Eliya Koyen, 23 yoshli Omer Venkert va 22 yoshli Omer Shem-Tov G‘azo sektori markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi Qizil xoch ishchilariga topshirildi.
The Times of Israel gazetasi, shuningdek, HAMAS 2015-yildan beri asirlikda saqlanayotgan Hishom al-Saidni bugun Isroilga topshirishini aytmoqda. Ma’lum qilinishicha, HAMAS uni topshirish marosimini o‘tkazmaydi.
Avera Mengistu va Hisham al-Said o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida HAMAS tomonidan asirda bo‘lgan, qolganlari esa 2023-yil 7-oktyabrda qo‘lga olingan.
Mengistu va al-Said HAMAS hamda Isroil tinchlik kelishuvining birinchi bosqichi doirasida ozod qilinishi lozim bo‘lgan 33 nafar garovga olinganlarning oxirgisi hisoblanadi.
Isroil yuqoridagilar evaziga 22-fevral kuni almashinuv doirasida 602 falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter