Gongkongning eng boy odami vafot etdi
Tadbirkor Lui Che-vu 7 noyabr kuni 95 yoshida vafot etdi. 1955-yilda K.Wah kompaniyasiga asos solib, u turli biznes turlariga ega ko‘pmillatli konglomerat yaratishga muvaffaq bo‘ldi.U Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, umrining oxiriga kelib, 14,5 milliard dollar boyligi bilan Gonkongning eng boy odamiga aylandi.
Milliarderning o‘limi haqida u asos solgan va keyinchalik direktorlar kengashi raisi bo‘lib ishlagan Galaxy Entertainment Group Ltd. kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumotda Lui biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari orqali kompaniya uchun muhim rol o‘ynaganligi aytiladi.
Galaxy Entertainment kazino biznesida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Lui Che-vu uni Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Makaoda ochdi. 2013-yilda Bloomberg ta’kidlaganidek, Lui Che-vuning kazino daromadi 44,7 milliard dollarga yetdi - bu Las-Vegas Stripdagidan deyarli etti baravar ko‘p.
Milliarder 1929-yilda tug‘ilgan, Gonkongning yaponiyaliklar tomonidan bosib olinishi sababli maktabni tashlab ketgan va 13 yoshida oziq-ovqat distribyutori sifatida o‘zining birinchi biznesini boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter