Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi rahbarlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Yevropa Ittifoqi rahbarlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 17-fevral kuni Parijda Yevropa Ittifoqi yetakchilarining favqulodda sammitini o‘tkazishga chaqirmoqda, deya xabar bermoqda Politico. Nashr bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyga asoslanib yozgan. 

«Prezident Makron rahbarlarimizni Parijga taklif qilganidan juda mamnunman», dedi u.

Sikorskiyning qayd etishicha, u Yevropa davlatlari rahbarlaridan Donald Trampning AQShdagi prezidentligi munosabati bilan yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishini kutmoqda.

Nashrga Yevropa Ittifoqining ikki rasmiysi uchrashuv dushanba kuni bo‘lib o‘tishini aytdi. Biroq unda qancha Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlari ishtirok etishi aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Trampning Putin bilan munosabatlari Yevropa davlatlarini xavotirga solmoqda. Ular AQSh prezidenti Rossiya foydasiga Ukraina bo‘yicha bitim tuzishidan xavotirda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring