Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi ko‘mir konida gaz portladi: 51 kishi o‘lgan

Erondagi ko‘mir konida gaz portladi: 51 kishi o‘lgan

Foto: Mehr

Eron sharqidagi Janubiy Xuroson viloyatining Tabas shahrida ko‘mir konida gaz portlashi oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Mehr axborot agentligi.

Avvalroq 30 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Yana 20 kishi jarohatlangan. 40 kishidan iborat guruh qutqaruv operatsiyasini olib bormoqda va vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Portlash kecha, 21-sentyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Madanjo konining ikkita blokida (B va C) gaz portladi. Janubiy Xuroson viloyati gubernatori ma’lum qilishicha, mintaqa mamlakatning ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojining 76 foizini ta’minlaydi.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida bloklarda 69 nafar ishchi bo‘lgan. Ayni paytda B blokida qutqaruv operatsiyasi yakunlandi, u yerda 17 qurbon va 30 kishining jasadi topildi. Yaqinda boshlangan C blokidagi operatsiya taxminan 3-4 soat davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring