Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Archani kim o‘g‘irladi?

Archani kim o‘g‘irladi?

foto: 120.su

Angliyalik styuardessa Sara Yardli ziyofat uyushtirib g‘aflatda qoldi, uning bog‘iga o‘g‘ri tushdi. Gap shundaki, ziyofat tugagach xayrlashib ketayotgan mehmonlar mezbonga qo‘rqinchli xabarni yetkazishdi. Ya’ni ular hovlidan bir odam qo‘lida archa bilan chiqib ketayotganini aytishdi. Ertasi kuni ertalab ayol bog‘ini ko‘zdan kechirib, ekilgan archalardan biri kesilganining guvohi bo‘ldi.

Sara bu voqeadan juda hayratlangan bo‘lsada g‘azablanmaganini, xafa emasligini bildirdi.  Ya’ni uning tan olishicha, agar undan puli yo‘q odam archa daraxtini so‘rasa kesishga ruxsat bergan bo‘lardi.  

Ayolni qo‘shnilarining hamdardligi yanada hayratlantirdi. Bir mehribon odam unga hatto yosh ko‘chat ham berdi – o‘n yildan keyin bog‘da xuddi shunday archa daraxti o‘sadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring