Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 500 dan ortiq muhojir hibsga olindi

AQShda 500 dan ortiq muhojir hibsga olindi

Qo‘shma Shtatlarda 538 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olindi, 373 kishini hibsga olishga order berildi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati ma’lum qildi.

BayonotdaAQSh Immigratsiya va bojxona nazorati mamlakat bo‘ylab 538 nafar noqonuniy muhojirni hibsga olgani qayd etildi.

«Bu davlatimiz chegaralarini qo‘riqlash uchun qo‘yilgan qadamlarning kichik bir ko‘rinishi», — deyiladi bayonotda.

Qo‘lga olinganlarning ayrimlari ism-shariflari va jinoyatlari «X» ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.

Avvalroq Tramp inauguratsiyasidan keyin muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli reydlar boshlanishi xabar qilingandi. 

Donald Tramp prezidentlikka kirishish uchun qilgan qasamyodidan so‘ng darhol mehnat muhojirlariga AQShga qonuniy yo‘l bilan kirish va ishlash uchun ruxsatnoma olish imkonini beruvchi CBP One chegara o‘tish dasturini yopishni buyurdi. Shu kunga qadar ilovadan million kishi foydalangan.  

AQShning yangi prezidenti o‘zining birinchi farmonlaridan birida AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qildi va Pentagonga u yerga qo‘shinlar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqa jihozlarni yuborish, shuningdek, chegara devori qurilishini qaytadan boshlashni buyurdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring