Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh prezidenti sayloviga bir oy qoldi. Kim g‘alaba qozonadi?

AQSh prezidenti sayloviga bir oy qoldi. Kim g‘alaba qozonadi?

Foto: BBC

AQShda 2024-yilning 5-noyabr kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi — roppa-rosa bir oy qoldi. Xo‘sh, kim g‘alaba qozonishi mumkin?

Hozircha o‘tkazilgan so‘rovlarda respublikachi Donald Trampni 2-5 foiz farq bilan ortda qoldirgan mamlakat vitse-prezidenti Kamala Harris oldinda ketyapti.

Harris yettita «tebranuvchi shtat»da asosiy ustunlikni o‘ziga og‘dirgan. Faqat Shimoliy Karolinada durang, Jorjiyada esa Tramp vitse-prezidentdan o‘zishga erishgan.

Prezidentlik poygasidagi masofada farq ochilgan, biroq, hatto sobiq prezident «bosh rol»ni o‘ynayotgan bir nechta jinoiy ishlarga qaramasdan, sezilarli darajada katta emas. Misol uchun, 2020-yilgi saylovga aralashishda Trampni ayblayotgan Jorjiyada aynan u yuqori ball to‘plagan.

Shuning barobarida, yozda Batlerdagi mitingda uyushtirilgan suiqasd Donald Trampga ko‘p ochko keltirmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring