Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antarktidada rekord darajada issiq harorat qayd etildi

Antarktidada rekord darajada issiq harorat qayd etildi

Antarktidada yangi harorat rekordi o‘rnatildi. «Vostok» stansiyasidagi termometr minus 34,2 darajani ko‘rsatdi. Bu butun kuzatuvlar tarixidagi avgust oyidagi eng issiq ko‘rsatkichdir, deb xabar bermoqda «MIR 24» telekanali.

Iyul va avgust oylarida Antarktidada o‘rtacha harorat 65 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, keskin isish iqlim sharoitiga jiddiy ta’sir qilmaydi.

Vostok stansiyasidagi harorat sayyoradagi eng ekstremal hisoblanadi. Ularni o‘lchash uchun minus 100 dan plyus 20 darajagacha bo‘lgan maxsus o‘lchovli termometrlar qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring