Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

364 dona kitobdan yasalgan archa

364 dona kitobdan yasalgan archa

foto: 120su

Amerikalik Keyt Fulton ashaddiy kitobxon, uning uyida shu qadar kitoblari ko‘p, mana u 6 yildirki kitoblardan archa yasashni o‘zining eng sevimli mashg‘ulotiga aylantirgan.

Shift balandligidagi bu «daraxt» qattiq muqovali kitoblardan yasalgan. Archani yig‘ish uchun ikki soatcha vaqt ketadi, lekin kitoblarni saralash uchun undan ham ko‘proq vaqt ketadi, bu yil Keyt 364 dona kitoblarni daraxt shaklida taxladi.  Bu archani yaratishning yana bir qiyin tomoni daraxtning har bir qatlamidagi kitob bir xil qalinlikda bo‘lishi uchun tanlashi kerak.

Internetda g‘ayrioddiy g‘oya yuqori baholanib, bunday «daraxtlar»ni kutubxona va kitob do‘konlarida qilish kerakligi ta’kidlandi. Va ba’zi sharhlovchilarning aytishicha, qog‘oz kitoblardan yasalgan archa daraxti, o‘z navbatida yog‘ochdan yasalgan, texnik jihatdan  hatto tabiiydir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring