Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2024-yilda Nobel tinchlik mukofoti hech kimga topshirilmasligi mumkin

2024-yilda Nobel tinchlik mukofoti hech kimga topshirilmasligi mumkin

Foto: Flickr

2024-yilgi Nobel tinchlik mukofotiga 286 nomzod qo‘yilgan, ular orasida, jumladan, BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Rim papasi Fransisk, britan tabiatshunosi Devid Attenboro bor.

Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, g‘oliblikka da’vogarlar orasida BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi, BMT Xalqaro sudi va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham bor.

Bukmekerlik idoralari qamoqda vafot etgan rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham shular qatoriga qo‘shishmoqda. Biroq, Reuters agentligiga ko‘ra, Navalniy Nobel olmaydi, chunki bu mukofot vafot etganlarga berilmaydi, Zelenskiy esa urushayotgan mamlakatni boshqarayotgani uchun mukofotdan quruq qoladi.

Norvegidagi Nobel tinchlik mukofoti qo‘mitasi 2024-yilda mukofotni hech kimga bermaslikka qaror qilishi ham mumkin. Chunki tarixda bunday holat 19 marta takrorlangan, oxirgisi 1972-yilda bo‘lgan edi.

«Balki aynan bu yil Nobel tinchlik mukofoti qo‘mitasi mukofotni topshirmay, e’tiborni urushayotgan sayyoraga qaratishi lozimdir», — dedi Stokgolm xalqaro tinchlik instituti rahbari Den Smit.

2024-yilgi Nobel mukofoti laureatlari nomlari 7-oktyabrdan 14-oktyabrga qadar e’lon qilib boriladi. Norvegiyadagi Nobel qo‘mitasi esa o‘z qarorini 11-oktyabr kuni e’lon qiladi. 2023-yilda Nobel tinchlik mukofoti eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiyga topshirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring