Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda Mobiuzning yangilangan ofisi ochildi (fotoreportaj)

Surxondaryoda Mobiuzning yangilangan ofisi ochildi (fotoreportaj)

Termiz shahrida Mobiuz mobil operatorining Xizmat ko‘rsatish markazi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

U Mobiuzning brend-platformasiga muvofiq butunlay o‘zgartirilgan to‘rtinchi ofis bo‘ldi. Bu yerda qulay sharoitlar, aholiga xizmat ko‘rsatishning takomillashtirilgan standartlari joriy etilgan.

Mamlakatimizning janubiy mintaqasi aholisi va mehmonlari Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazida barcha mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishlari, shu jumladan, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Ofis qulay tarzda abonentlar (jismoniy shaxslar), korporativ mijozlar, tijorat hamkorlari va xodimlar uchun qismlarga bo‘lingan.

Termiz shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi qulay joyda – shaharning markaziy qismida, G‘.Xusanov ko‘chasi, 32A uy manzili bo‘yicha joylashgan (joylashuv). Har kuni dam olishlarsiz va tushlik tanaffuslarisiz ishlaydi. Mehmonlar uchun qulay avtoturargoh mavjud.

E’tiboringizga ofisning ochilish marosimidan fotoreportajni taqdim etamiz.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring