Starlink yo‘ldoshli aloqasi 120 ta mamlakatda ishlamoqda

Starlink yo‘ldoshli aloqasi ishlayotgan mamlakatlar soni 120 taga yetdi. Bu haqda tadbirkor Ilon Mask 18-yanvar kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Polineziyadagi Tuvalu — kompaniya ro‘yxatidagi 120-mamlakat bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Starlink — dunyoning istalgan nuqtasini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlovchi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter