Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robot-stomatolog birinchi marta odamning tishini davoladi

Robot-stomatolog birinchi marta odamning tishini davoladi

Foto: Cybernews

Boston (AQSh)da sun’iy intellekt yordamida ishlovchi robot-stomatolog ilk marotaba odamni davoladi. Temirtanli tish do‘xtiri vazifani shifokor hamkasbidan sakkiz baravar tezroq uddalagani e’tiborga loyiq.

Sun’iy ongli robotning birinchi vazifasi qolip olib tish yasash edi. Odatda bu vazifa uchun taxminan ikki soat va stomatolog huzuriga ikki marta borish talab etiladi. Robot esa 15 daqiqada shu ishni bajardi, deb yozdi New Atlas.

Ishlanma mualliflariga ko‘ra, bu robot kariyesni avtomat tarzda 90 foiz aniqlikda topadi va 3D-skaner bilan og‘iz bo‘shlig‘i batafsil modelini yarata oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring