Mobiuz aksiyasining navbatdagi g‘olibasi BYD avtomobilini yutib oldi
Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Mobiuz abonenti Gulzoda Islomova «MobiDRIVE» aksiyasida ishtirok etib, BYD Song Plus Champion avtomobilini qo‘lga kiritdi.
Mobiuz «MobiDRIVE» aksiyasi doirasida navbatdagi abonentga sovrin topshirilgani haqida mamnuniyat bilan xabar bermoqda. G‘oliba joriy yilning 12 dekabr kuni Mobiuzning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari jonli efirida aniqlangandi. Ikki haftadan so‘ng, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, u o‘z yutug‘ini qo‘lga kiritdi.
Qarshi shahridagi yangilangan Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazida avtomobilni topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda kompaniya vakillari, hamkorlar, g‘olibaning yaqinlari, shuningdek, tomoshabinlar ishtirok etishdi. Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Sherzod Hushimov tomonidan gulduros qarsaklar ostida avtomobil kalitlari g‘olibaga topshirildi.
Gulzoda Islomova va uning turmush o‘rtog‘i o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdilar. Ular tanishlarining tavsiyasiga ko‘ra, avtomobillar o‘yini o‘tkazilayotgani haqida xabar topgach, Mobiuzga ulanishgan. Aksiyaning birinchi g‘olibasi haqida bilishgach, ularda bo‘lgan etish ishtiyoqi yanada oshgan. Avtomobil o‘ynaladigan kun haqida bilishmagan, shuning uchun jonli efir paytida kompaniya vakillaridan qo‘ng‘iroq kelganda, hech ishongilar kelmagan. Ammo hammasi haqiqat bo‘lib chiqdi.
Taqdirlash marosimi va g‘olibaning samimiy so‘zlarini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin:
Tadbir davomida g‘olibani ulagan Mobiuz dileri - «In tune with the times» MChJ vakillari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Mobiuz mobil operatorining 10 yilligi munosabati bilan boshlangan «MobiDRIVE» aksiyasi davom etmoqda! 2024-yil 31-dekabrgacha istalgan inson oylik abonent to‘lovi 35 ming so‘mdan kam bo‘lmagan tarif rejalarini tanlab, kompaniyaga ulanishi mumkin. Bunday abonentlar avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Kompaniyaning amaldagi abonentlari ushbu tarif rejalarida *2024# raqamini terib, aksiyaga qo‘shilishlari mumkin.
Mobiuz mobil operatori kirib kelayotgan 2025-yilda mamlakatimiz aholisiga muvaffaqiyatlar, baxt va omad tilaydi!
Kompaniya ma’lum qilishicha, yanvar oyining birinchi yarmidayoq «MobiDRIVE» aksiyasining uchinchi g‘olibi aniqlanadi. Yutuqli o‘yinlar jarayonini Mobiuzning Instagram sahifasida kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Aksiyaning batafsil shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter