Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mobiuz abonentlari mobil internetdan rekord darajada ko‘p foydalanishi qayd etildi

Mobiuz abonentlari mobil internetdan rekord darajada ko‘p foydalanishi qayd etildi

Buni uyali aloqa operatorining 2024-yilning birinchi yarmidagi faoliyati natijalari ko‘rsatmoqda.

Yangi investitsiya loyihalari

Joriy yilning yanvar va fevral oylarida Mobiuz Xitoyning Huawei va ZTE telekommunikatsiya kompaniyalari bilan yangi shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzoladi.

Bunday investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjud uskunalar va dasturiy ta’minotni modernizatsiya qilishga xizmat qilmoqda.

Texnik va texnologik rivojlanish

2024-yilning birinchi yarmida Mobiuz asosan 4G LTE standartidagi 2260 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Eng ko‘p tayanch stansiyalari Samarqand viloyati, Toshkent shahri, Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.

6 oy ichida Mobiuz respublika bo‘ylab 134 ta mutlaqo yangi joylashuvlarda tayanch stansiyalarini o‘rnatdi. Yana 300 dan ko‘proq yangi ob’yektlar tayyorlanib, antenna-machta qurilmalari o‘rnatildi – yilning ikkinchi yarmida ularga ham texnik uskunalar tezkor ravishda o‘rnatilib, efirga yoqiladi. 

Respublika bo‘ylab minglab tayanch stansiyalarida LTE 1800 va 2100 standartlarida refarming (chastotalarni qayta taqsimlash) amalga oshirildi. Chastotalarni birlashtirish va 4G+ xizmatini kengaytirish,  Massive MIMO 1800/2100 texnologiyasini keng joriy etish ishlari davom ettirildi. Transport tarmog‘ini rivojlantirish doirasida 130 ta yangi radiorele liniyalari oraliqlari ishga tushirildi, 640 tasi modernizatsiya qilindi.

Buning samarasida shahar va qishloqlarda tarmoqlar qamrovi kengayib, tarmoq sig‘imi va ma’lumotlarni uzatish tezligi oshdi, signal sifati va barqarorligi yaxshilandi.

Internet-trafikni o‘sishi

Mobiuz abonentlari mobil internetdan yanada jadalroq foydalana boshladilar. Ayni paytda kompaniyaning o‘rtacha abonenti oyiga 24 000 megabaytdan ko‘proq sarflamoqda (MBoU ko‘rsatkichi), olti oy oldin bu ko‘rsatkich atigi 15 000 megabaytni tashkil qilayotgan edi.

Bu esa abonentlarning mobil internetga bo‘lgan talabi ortib borayotgan bir vaqtda Mobiuz tarmoqlar sifatini samarali oshirayotganidan va ko‘proq internetdan foydalanish uchun sharoit yaratayotganidan dalolat beradi.

Marketing faoliyati

Yilning birinchi yarmida mobil aloqa operatori ko‘plab marketing faolliklarini amalga oshirdi. Mobiuz mahsulotlari va xizmatlari yangi abonentlar e’tiborini tortdi va amaldagi abonentlarning sodiqligini kuchaytirdi.

Xususan, oyiga atigi 30 ming so‘m abonent to‘loviga ega «Kerakli 30» tarif rejasi ishga tushirildi. Iyul oyida «Kerakli» tariflar turkumiga aylandi va bir qator manfaatli tarif rejalarini birlashtirdi.

Jismoniy shaxslar uchun «Xotirjam 60», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100», shuningdek, korporativ mijozlar uchun «Corporate Xotirjam 60», «Corporate Xotirjam 80», «Corporate Xotirjam 100» tariflari shartlari qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu tariflar abonentlari raqamni yashirish, «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi/Aloqadaman», «Menga qo‘ng‘iroq qil» kabi xizmatlardan 100% chegirma bilan foydalanish hamda internet-to‘plamlarni yarim narxda faollashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Iyun oyida Mobiuz ikkita katta aksiyani ishga tushirdi. “MobiDRIVE” nomli birinchi aksiya bo‘yicha uchta BYD avtomobili o‘ynalmoqda. “Yorqin yoz” nomli ikkinchi aksiya  sovrin jamg‘armasi 500 million so‘m bo‘lib, abonentlar pul yutuqlari hamda kafolatlangan bonuslar yutib olishlari mumkin.

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish

Kompaniya mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash uchun tinimsiz ish olib bormoqda.

2024-yilning birinchi yarmida Mobiuz aloqa markazining 0890, 0990, (+998) 97 1300909 raqamlariga 11,2 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushdi. Taqqoslash uchun: butun 2023-yil davomida bu ko‘rsatkich 15 millionni tashkil qilgan edi.

Mobiuzga qarashli savdo va xizmat ko‘rsatish ofislar tarmog‘i faol rivojlanmoqda. Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida mobil operatorning yangi ofislari ochildi. Chirchiq shahrida ta’mirlash va rekonstruksiya ishlaridan keyin xizmat ko‘rsatish markazi qayta ishga tushirildi. Poytaxt va viloyatlardagi to‘rtta xizmat ko‘rsatish markazlarida qurilish-ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Respublika bo‘yicha Mobiuz dilerlik shoxobchalari soni 2940 tadan oshdi. Ular “Bir qadamda” tamoyili asosida abonentlarga barcha zarur xizmatlarni taqdim etmoqda.

Umumiy natijalar va rejalar

Umuman olganda, 2024-yilning birinchi yarmi Mobiuz mobil operatori uchun muvaffaqiyatli kechdi. Kompaniya telekommunikatsiya bozoridagi o‘z o‘rnini mustahkamlashda davom ettirdi.

Yilning ikkinchi yarmida ma’lumotlar uzatish xizmatlarini 4G LTE va 5G tarmoqlariga o‘tkazish davom ettirilmoqda. 500 dan ortiq yangi joylashuvlarda texnik ob’yektlarni qurish va ishga tushirish, transport tarmoqlari, kommutatsiya va boshqa uskunalarni o‘rnatish va modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda Mobiuz mobil operatori O‘zbekiston mobil aloqa bozoridagi faoliyatining 10 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan yilning ikkinchi yarmida kompaniya abonentlariga yangi texnologik yechimlar, mahsulot va xizmatlarni taqdim etadi.

Mobil operatorning barcha yangiliklari bilan Mobiuz Telegram-kanalida tanishib chiqishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring