Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyslar odam miyasidan 10 ming baravar tez ishlovchi elektron miya yasashdi

Koreyslar odam miyasidan 10 ming baravar tez ishlovchi elektron miya yasashdi

Illyustrativ foto

Janubiy Koreyaning DGIST kompaniyasi tadqiqotchilari yangi avlod sun’iy intellekti yarimo‘tkazgichli texnologiyasini ishlab chiqishdi, u inson miyasini imitatsiyalaydi.

Professor Kvon Xek Jun boshchiligida yaratilgan ushbu neyromorf qurilma neyronlar singari ma’lumotlarni bir necha darajali saqlay oladi.

Qurilmaning ishlash sxemasi. Foto: DGIST

Shu paytgacha ishlatib kelinayotgan hisoblash qurilmalarining eng katta kamchiliklaridan biri energiyani juda ko‘p sarflashi edi. Bu muammoga yechim izlagan olimlar gafniy oksidi va qalay disulfididan foydalanib, sinaptik tranzistorlar ishlab chiqishdi.

Natijada inson sinapsidan 10 ming marta tezroq ishlovchi, shu bilan birga, juda kam energiya sarflovchi qurilma — elektron miya yaratildi.

Professor Kvon ushbu tadqiqot keyingi avlod hisoblash arxitekturasini yaratishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab, innovatsiya sun’iy intellekt va mashinani o‘qitish bilan bog‘liq sohalarda qo‘llanilishiga ishonch bildirdi.

Tadqiqot natijalari bilan batafsil Advanced Science jurnalida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring