Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask millionlab odamlarga neyrochip o‘rnatmoqchi

Ilon Mask millionlab odamlarga neyrochip o‘rnatmoqchi

Foto: YouTube/Neuralink

Dunyoning eng boy kishisi Ilon Mask yaqin o‘n yillikda millionlab odamlarga chip o‘rnatish niyatida. Bu haqda u X tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Mask Neuralink startapining ishlari yurishib ketgani bilan maqtandi. Kompaniya neyrochipi o‘rnatilgan ikkinchi bemor yaqinda fikrlash kuchi bilan hatto Counter-Strike 2 o‘ynay olgan.

«Agarda buyog‘iga ham hammasi yaxshi ketsa, bir-ikki yildan so‘ng Neuralink yuzlab odamlarga o‘rnatiladi, besh yildan keyin — o‘n minglab, 10 yildan so‘ng — millionlab odamlarga chiplarimiz o‘rnatiladi», — dedi Ilon Mask.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring