Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar birinchi trillionerlarga aylanishi ma’lum qilindi

Kimlar birinchi trillionerlarga aylanishi ma’lum qilindi

Ilon Mask, Gautam Adani, Bernar Arno.

Foto: Forbes / RG

Jahonda ilk trillionerlar paydo bo‘lishiga oz vaqt qoldi — eng boy kishilarni kuzatib boruvchi Informa Connect Academy hisobotida shu haqda gap boradi.

Yangi cho‘qqini zabt etishga eng yaqin inson — Ilon Mask, 2027-yildayoq trillionerga aylanishi kutilayotgan tadbirkorning boyligi yiliga o‘rtacha 110 foiz o‘sib bormoqda. Bloomberg milliarderlar indeksi yetakchisining boyligi hozir — $251 mlrd.

Hindistonlik biznes-konglomerat asoschisi Gautam Adani — trillioner bo‘lish uchun ikkinchi nomzod. Boyligi yiliga 123 foizga o‘sib borayotgan Adani 2028-yilda bu maqomni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.


Gautam Adani haqida o‘qing: Dunyoning sobiq uchinchi boyi ustida «qora bulutlar»


Xuddi shu yili uning yoniga Nvidia rahbari Jensen Xuang va indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu qo‘shili mumkin.

Milliarderlar reytingida «bronza» bilan kifoyalanib turgan Bernar Arno (Louis Vuitton Moët Hennessy xo‘jayini), shuningdek, Mark Sukerberg (Facebook) trillionerlar reytingiga 2030-yilda kirishga da’vogar.

CNBC yozishicha, 1916-yilda Jon Rokfeller jahondagi ilk milliarderga aylanganidan buyon ko‘pchilikni birinchi trillioner qachon paydo bo‘larkan, degan savol qiziqtirib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring