Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi

Joriy yilning 1-8 sentyabr kunlari Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasida (IOI 2024) O‘zbekiston terma jamoasi sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi «Yangi O‘zbekiston» universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Asilbek Sunnatov «Honorable mention» (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring