Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mandat e’lon qilindi

Mandat e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

2024−2025 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat bosqichi kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi.

Hoziroq 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalarini bilish uchun my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi (MyGov)dagi "Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish" xizmatidan foydalaning.

Shuningdek, quyidagi usullarda aniqlash mumkin:

my.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda saytga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami kiritiladi.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda saytga abituriyentning ID raqami kiritiladi.

SMS-xabarnoma xizmati orqali. 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Test natijalari qaydnomasi orqali. Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring