Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kontrakt to‘lovi muddatlari ma’lum qilindi

Kontrakt to‘lovi muddatlari ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov muddatlari quyidagicha belgilandi:

  • belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024 yil 15 sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024 yil 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
  • belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 2025 yil 1 yanvargacha, 75foizini 2025 yil 1 martgacha va 100 foizini 2025 yil 1 maygacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega, deyiladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring