Gretsiyalik 80 yoshli otaxon maktabda o‘qimoqda
Gretsiyalik 80 yoshli Vasillis Panayotaropulos chala qolgan tahsilni yakuniga yetkazish uchun kechki maktabga qatnashni boshladi. The Guardian yozishicha, u 12 yoshida otasiga dalada qarashish uchun maktabni tashlab ketgan. Keyinchalik Afinaga ketib, oshpazlik qilgan.
Otaxonning aytishicha, maktabni doim sog‘inib yashagan. U oxiri bir qarorga kelib, shahodatnoma olish uchun o‘qishga qaror qildi.
Vasillis 15 yoshli bolalar bilan bir sinfda o‘qiydi. O‘qituvchilarining aytishicha, sinfdoshlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, o‘zi ham juda tirishqoq o‘quvchi. Sevimli fanlari — qadimgi yunon tili va matematika. Otaxon iyun oyida maktabni bitiradi.
Voqeadan ruhlangan Gretsiya hukumati kechki maktablarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter