Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har yili 8 milliondan ortiq inson tamaki tutunidan o‘lmoqda — JSST

Har yili 8 milliondan ortiq inson tamaki tutunidan o‘lmoqda — JSST

Foto: Shutterstock

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga qaraganda, har yili dunyoda 8 milliondan ortiq inson tamaki ta’sirida vafot etmoqda. Shundan 7 milliondan ko‘prog‘i bevosita chekuvchilar bo‘lsa, taxminan 1,3 mln kishi ikkilamchi tamaki tutunidan nafas olish oqibatida olamdan o‘tmoqda.

Tamaki mahsulotlari, jumladan, chilim (kalyan) tarkibida 7 ming xildan ziyod kimyoviy moddalar bo‘lib, ulardan kamida 250 tasi zaharli yoki katserogen (saraton chaqiruvchi) xususiyatga ega.

Tamaki chekish inson tanasining deyarli barcha a’zolariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: infarkt, insult, saraton (og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, o‘pka), astma, tuberkulyoz, II toifali diabet, aqliy zaiflik va boshqa kasalliklarga olib keladi.

Kashandalarning 80 foizi kambag‘al davlatlarda yashovchilar bo‘lib, ularda tamaki chekish oqibatida kelib chiquvchi kasalliklar nisbatan og‘ir kechadi.

2024-yilning yanvar holatiga ko‘ra, jahonda tamaki chekuvchi katta yoshlilar soni 1,25 mlrdga yetgan, deyiladi JSST ma’lumotida.

Eng ko‘p kashandalar Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydi (26,5 foiz). G‘arbiy Tinch okeani mintaqasidagi chekuvchilarning 79 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Yevropada tamaki chekuvchilarning ulushi — 25,3 foiz. Chekuvchilar ulushi eng past mintaqa — Afrika, 2000-yilda — 18 foiz, 2022-yilda — 10 foiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring