Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Faqat yetti mamlakatda havoning tozaligi JSST talabiga javob beradi — tadqiqot

Faqat yetti mamlakatda havoning tozaligi JSST talabiga javob beradi — tadqiqot

Illyustrativ foto

Sayyoramiz aholisining juda katta qismi toza havodan nafas olmayapti — 2024-yilgi o‘lchovlarga ko‘ra, dunyoning faqat yetti mamlakatida havoning PM2.5 mikrozarralari bilan ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan me’yorlarga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Shveysariyaning IQAir kompaniyasi tadqiqotlarida ma’lum bo‘ldi.

Havosi eng toza mamlakatlar — Islandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Estoniya va orollarda joylashgan bir nechta mitti davlat. Ularda ko‘rsatkich 1 kub metr uchun 5 mkg.dan oshmaydi, ya’ni JSST talablariga mos.

Havosi eng ifloslangan mamlakatlar — Chad, Pokiston, Bangladesh, Kongo DR va Hindiston. 2024-yilda PM2.5 darajasi bu mamlakatlarda belgilangan me’yordan kamida 10 karra oshib ketgan, Chadda zaharli zarralar 18 karra ko‘p. Dunyoning havosi eng yomon 10 shahridan 6 tasi Hindistonda joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring