Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir quti sigaret umrning necha soatini o‘g‘irlashi ma’lum bo‘ldi

Bir quti sigaret umrning necha soatini o‘g‘irlashi ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Bir quti sigaret insonning qariyb yetti soat umrini o‘g‘irlaydi, deb yozmoqda The Guardian London universitet kollejiga asoslanib.

Tahillarga ko‘ra, agarda kuniga 10 dona sigaret chekuvchi kashanda 1-yanvar kuni chekishni tashlasa, u 8 yanvarga qadar bir kunlik umrini yo‘qolishdan asrab qoladi. Agarda u 5-fevralgacha chekmasa — bir hafta, 5-avgustgacha chekmasa — bir oy umrini asrab qoladi. Bir yil davomida chekmaslik umrni 50 kunga uzaytiradi.

Nashrga intervyu bergan doktor Sara Jeksonning aytishicha, tamaki chekish asosan hayotning o‘rta qismidagi sog‘lom qismini «yeb tugatib», salomatlikka beqiyos zarar yetkazadi.

«Bu shuni anglatadiki, 60 yoshli kashandaning salomatlik darajasi 70 yoshli chekmaydigan insonniki bilan baravar bo‘ladi», — deya ta’kidladi doktor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring