Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2030-yilda 600 mln kishini ocharchilik kutmoqda — IFAD

2030-yilda 600 mln kishini ocharchilik kutmoqda — IFAD

Foto: Getty Images

Global iqlim muammolari, qolaversa, ayrim mamlakatlar hukumatlarining moliyaviy inqirozga yetaklovchi xatti-harakatlari oqibatida 2030-yilga borib sayyoramizdagi 600 mln kishi ocharchilik bilan ro‘baro‘ keladi, 2,8 mlrd kishi esa sog‘lom oziq-ovqatdan mahrum bo‘ladi. Bu haqda Context portali Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) prognoziga asoslanib xabar berdi.

«BMTning ocharchilikka qarshi kurashish maqsadlari bajarilmasligi majburiy migratsiyani yanada kuchaytiradi, ish o‘rinlari sonini qisqartiradi, Afrika kabi aholisi o‘sib borayotgan mintaqalarda resurslar ustidagi nizolarni yanada keskinlashtiradi», — IFAD prezidenti Alvaro Larioning so‘zlarini keltirdi portal.

Ocharchilik va to‘yib ovqatlanmaslik faqat Afrikaga tahdid solayotgani yo‘q. Iqlim o‘zgarishlarining suv toshqinlari va yuqori harorat ko‘rinishidagi hosilalari to‘yib ovqatlanmaslikni global muammoga aylantirishga qodir.

Yevropadagi «Kopernik» iqlim kuzatuvlari xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Yerda qatorasiga 12 oy harorat rekordlari o‘rnatildi. Ya’ni 2023-yilning iyunidan boshlab har oy oldingisi (o‘tgan yilgisi)ga nisbatan issiqroq bo‘ldi, oqibatda jahondagi o‘rtacha harorat iqlimiy barqarorlik darajasidan 1,64 daraja yuqorilashdi. Bu esa suv toshqinlari sonini yanada oshirib, ekotizimning buzilishiga va ocharchilikning kuchayishiga olib kelishi mumkin, deya xavotirlanishmoqda ekspertlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring