Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik milliarder Abramovich «Chelsi» boshqaruvini topshirdi

Rossiyalik milliarder Abramovich «Chelsi» boshqaruvini topshirdi

Foto: «Google.com»

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Londonning «Chelsi» futbol klubi boshqaruvidan voz kechdi. «Chelsi»ning rasmiy saytida tegishli bayonot paydo bo‘ldi.

«Qariyb 20 yil davomida klub posboni sifatidagi rolimni bajardim. Vazifamiz bugun imkon qadar ko‘proq muvaffaqiyatga erishish va kelajagimizni barpo etish, shu bilan birga hamjamiyatlarimizda ijobiy rol o‘ynash bo‘lgan.

Men hamisha klub manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilganman. Bu qadriyatlarga sodiqman. Shu bois bugun klub boshqaruvini «Chelsi» xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshiraman.

Hozir ular klub, futbolchilar, xodimlar va muxlislar manfaatlarini ko‘zlash borasida yaxshiroq holatda deb hisoblayman», — dedi Abramovich o‘z bayonotida.

Ta’kidlash joizki, oligarx «Chelsi»ni 2003-yilda 140 million funt sterlingga sotib olgan. Uning davrida londonliklar ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchgan. «Chelsi»ning aktivi 1,9 milliard yevroga baholangan. Klubni sotib olishga da’vogarlar orasida ko‘plar investorlar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring