Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu kelgusi mavsumni qayerda o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Ronaldu kelgusi mavsumni qayerda o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Foto: Reuters

«An-Nasr» bosh direktori Gvido Fiyenga bayonot berishicha, Krishtianu Ronaldu kelgusi mavsumda ham jamoada qoladi. Jurnalist va insayder Fabritsio Romano bu haqda X tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Avvalroq matbuotda Ronaldu Yevropaga qaytishi, unga «Bayer» (Germaniya) qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, biroq portugal forvardi Saudiya Arabistonini tanladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31-may sanasida Saudiya podshohi kubogi finalida Ronaldu «An-Nasr» bilan birga «Al-Hilol»ga penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi.

Krishtianu Ronaldu 2023-yilning 2-yanvarida «An-Nasr» bilan shartnoma imzolagan, unga yiliga €200 mln to‘lanishiga kelishilgan edi. Bundan tashqari, unga va oilasiga qo‘shimcha bonuslar taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring