Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktrisa Malika Qayumova vafot etdi

Aktrisa Malika Qayumova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Malika Qayumova 1954-yil Toshkent viloyatida tavallud topgandi.

2011 yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist« faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan.

Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 1993 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Malika Qayumova o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va  xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etigan. 

Jumladan,«Taqdir»da amma, «Devona»da Ona, «Fotima va Zuhra»da Ona, «Alpomish»da Kuntug‘mish, «Pari qishloq»da Ona, «O‘lding, aziz bo‘lding»da Ona «Xonuma»da Tekle, «Toshkentning nozanin malikasi» da Xayri, «Superqaynona-2»da Hojar, «Oyonam-qaynonam»da Qumri,  «Qizi borning-nozi bor»da  quda kabi obrazlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring