Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor» va «Dinamo» aviafojiadan 45 yil o‘tib Minskda uchrashadi

«Paxtakor» va «Dinamo» aviafojiadan 45 yil o‘tib Minskda uchrashadi

Sport tarixidagi eng mash’um fojialardan biri 1979-yilning 11-avgustida sodir bo‘lgan. Ukrainaning Dneprodzerjinsk (hozirgi Kamenskoye) shahri osmonida TU-134 yo‘lovchi samolyotlari to‘qnashib ketadi. Samolyotlar bortidagi barcha — 178 kishi halok bo‘lgan. Ularning 17 nafari «Paxtakor» klubining futbolchi va murabbiylar shtabi a’zolari edi. Toshkentliklar jamoasi navbatdagi o‘yinni o‘tkazish uchun Belarus poytaxti Minskka uchayotgandi.

O‘sha fojiadan roppa-rosa 45 yil o‘tib, 2024-yilning 11-avgust kuni Minsk shahriga «Paxtakor» faxriylari, jumladan, ayrim sabablar bilan «o‘lim reysi»da uchmagan futbolchilar tashrif buyuradi. Shuningdek, o‘sha paytlarda «Dinamo»da to‘p surgan futbolchilar jam bo‘lishadi. Ularning ayrimlari maydonga tushadi.

«Paxtakor» tarkibida Ahmad Ubaydulayev, Rustam Mirsodiqov, Gennadiy Denisov, Marat Kabayev, Igor Shkvirin, Farhod Magomedov, Anatoliy Solovyov, Aleksandr Juravlyov, Erkin Vohidov, Igor Povalyayev, Rinat Fayruzov, Oleg Sinelobov, Oleg Sobirovlar maydonga tushishi kutilmoqda.

Dinamochilar tarkibi — Eduard Malofeyev, Veniamin Arzamassev, Anatoliy Baydachniy, Sergey Borovskiy, Igor Gurinovich, Yuriy Truxan, Lyudas Rumbutis, Igor Belov, Yuriy Kurbiko, Viktor Shishkin, Valeriy Shaveyko, Vladimir Kurnev, Georgiy Kondratev, Valeriy Melnikov, Aleksandr Alekseychikov, Leonid Vasilevskiy, Anatoliy Usenko.

«Xotira o‘yini»ga halokatga uchragan futbolchilarning oila a’zolari, shuningdek, futbol yulduzlari Moskva spartakchilari — Rinat Dasayev va Vagiz Xidiyatullin taklif etilgan.

O‘yin «Dinamo-Yuni» stadionida mahalliy vaqt bilan soat 16.30 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring