Futbol yulduzi professional tennisda ilk o‘yinini o‘tkazdi
Urugvay terma jamoasining sobiq futbolchisi 45 yoshli Diyego Forlan Montevideo (Urugvay)dagi «Chellenjer» musobaqasida professional tennisdagi faoliyatini boshladi.
Turnirning birinchi turida argentinalik Federiko Koria bilan juftlikda qatnashgan Forlan boliviyaliklar — Boris Arias va Federiko Sebaliosga 1:6, 2:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Urugvaylik yulduz futboldagi faoliyatini 2019-yilda yakunlab, 2023-yildan faxriylar o‘rtasidagi tennis turnirlarida qatnashib kelayotgandi.
Diyego Forlan — Janubiy Afrikada 2010-yilda o‘tkazilgan jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi, Amerika kubogi sohibi (2011), ikki marta «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan. «Atletiko Madrid» (Ispaniya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Inter» (Italiya) kabi dongdor klublarda to‘p surgan.
Ma’lumot uchun: Diyego Forlan futbolchilik faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratish uchun 16 yoshida tennisni tashlab ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter