Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij-2024. Nigina O‘ktamova jang o‘tkazmasdan 1/8 finalga chiqdi

Parij-2024. Nigina O‘ktamova jang o‘tkazmasdan 1/8 finalga chiqdi

Foto: Olympic.uz

Parij Olimpiadasida boks bahslariga start berildi.

-54 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Nigina O‘ktamova ilk bosqichda misrlik Yomna Ayyadga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo raqibasi jangga chiqmasligini ma’lum qildi — bokschi qizimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi davraga yo‘l oldi.

O‘ktamovaning navbatdagi jangi 30-iyul kuni KXDR vakili Chol Mi Pangga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring