Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parazit arilarga tennis yulduzlarining nomi berildi

Parazit arilarga tennis yulduzlarining nomi berildi

Foto: Swissinfo / Marisa Loncle / James Marvin Phelps

Tailandning Chulalongkorn universiteti entomolog-olimlari yangi kashf qilingan parazit arilarga tennis yulduzlari — Rafael Nadal va Rojer Federer nomini berishdi. Tadqiqotga bag‘ishlangan maqola ZooKeys ilmiy jurnalida chiqdi.

«T. rogerfedereri hamda T. rafaelnadali — parazit arilar bo‘lib, ularning lichinkalari o‘z egalari tanasini ichidan yeb bitiradi», — dedi ilmiy ish muallifi Buntika Arekul Butcher.

Yangi arilarning tana uzunliklari deyarli bir xil — 6 mm atrofida bo‘lib, qora, oq va to‘q sariq ranglarda. Ular Tailanddagi yirik milliy bog‘larda (Kxao Yay va Kxao Sok) topilgan.

Troporhogas rafaelnadali (chapda) va Troporhogas rogerfedereri.
Foto: Marisa Loncle

Rafael Nadal — ispaniyalik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi. Katta dubulg‘a turnirlarida yakkalik bahslarida 22 marta g‘olib bo‘lgan, Fransiya ochiq chempionatini 14 bora yutgan.

Rojer Federer — shveysariyalik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi, Katta dubulg‘a turnirlarining 20 karra g‘olibi.

Ko‘p marotaba kortda o‘zaro raqib bo‘lgan Nadal va Federer jahon tennisining «katta to‘rtligi»ga kiritilgan (Novak Jokovich va Endryu Marrey bilan birgalikda).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring