Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning qishki Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning qishki Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari tashkil etiladi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirok etishi so‘nggi kunlargacha so‘roq ostida qolayotgandi. Biroq kecha musobaqa rasmiy saytida O‘zbekistonga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Musobaqa rasmiy saytida keltirilishicha, O‘zbekiston hozircha 6 ta yo‘nalishda quyidagi sportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan:

Konkida uchish (Danila Semerikov)

Short-trek (Denis Ayrapetyan, Daniil Yeybog)

Figurali uchish (Dmitriy Chigirev, Yekaterina Geynish, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova, Azizmurod Shabazov)

Tog‘ chang‘isi (Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Kseniya Grigoreva, Valeriya Kovaleva, Mariya Morozova, Medet Nazarov, Sabina Rejepova, Komiljon To‘xtayev)

Biatlon (Dilmurod Abduraxmanov, Rolan Raimqulov)

Chang‘i alpinizmi (Maxsudjon Akobirov, Moxinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zozbek Xushvaqtov, Shoxrux Sardorov, Jasur Shamshiddinov, Asila Shoyimova, E’zoza Shaymardonova).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring