Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo kubogi U23. Kuvaytni yer tishlatgan O‘zbekiston olimpiyachilari — keyingi bosqichda

Osiyo kubogi U23. Kuvaytni yer tishlatgan O‘zbekiston olimpiyachilari — keyingi bosqichda

Osiyo kubogi U23 2-turida D guruhida o‘tkazilgan ikki uchrashuvdan so‘ng pley-offchilar ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, ularning biri — o‘zbekistonliklar.

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Kuvaytga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov va Husayn Norchayevlarning gollari olimpiyachilarimizning ishonchli g‘alabasini ta’minladi — 5:0.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Vetnam Malayziyadan ustun keldi — 2:0.

6 ochkodan to‘plagan O‘zbekiston va Vetnam — muddatdan avval chorakfinalda. 23-aprelda bu ikki jamoa 1-o‘rin masalasini o‘zaro o‘yinda hal qilishadi.

Osiyo kubogi U23. 2-tur

Kuvayt — O‘zbekiston — 0:5

Gollar: Alibek Davronov 32, Muhammadqodir Hamraliyev 49, Hojimat Erkinov 55, Diyor Xolmatov 86 penalti, Husayn Norchayev 90+5.

Foydalanilmagan penalti: Husayn Norchayev, 90+4 (darvozabon).

Chetlatish: Hamad At-Tavil 71 (K).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring