Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Ro‘ziboyev alamli mag‘lubiyatga uchradi

Nursulton Ro‘ziboyev alamli mag‘lubiyatga uchradi

Nursulton Ro‘ziboyev 3 raundlik jangda Xoakin Bakliga yutqazdi. 

UFC’ning Sent Lyuisdagi turnirida Nursulton Ro‘ziboyev (34-9-2) amerikalik Xoakin Bakli (19-6) jang qildi.

Bakli uchala raundda ham faollik ko‘rsatdi. Aniq zarbalar va teykdaunlar sonida ham Bakli ustunlik qildi. Nursulton esa bu jangda faollik ko‘rsata olmadi.

Yakunda hakamlar 30-27, 30-26, 29-27 hisobida Baklining g‘alabasini qayd etdi. Bu Nursulton Ro‘ziboyev uchun UFC’dagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring